05 jan 23:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov Sochi shahrida ringga ko'tarildi
Professional bokschimiz Odiljon Aslonov Sochi shahrida tashkil etilayotgan "Liga Stavok" turniri doirasida jang o'tkazdi.
Musobaqada Murat Gassiev jamoasi sharafini himoya qilayotgan bokschimiz bugun rossiyalik Andrey Efremenkoga qarshi ringga ko'tarildi. 4 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar 40:36 hisobida Odiljon Aslonovning g'alabasini qayd etishdi.
Avvalroq, boshqa bir o'zbekistonlik bokschi SHukurjon Rahimov musobaqa doirasida jang o'tkazib, g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar