28 avg 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Odiljon Aslonov va Muzaffar Rasulov IBA "CHempionlar oqshomi"dagi g'alabasidan qancha pul ishlab oldi?
26 avgust kuni Rossiyaning Serpuxov shahrida joylashgan "Nadejda" sport saroyida IBA "CHempionlar oqshomi" boks kechasi tashkil etilgan edi.
Mazkur turnirda ikki o'zbek bokschisi - Odiljon Aslonov hamda Muzaffar Rasulov ham ringga chiqib, har ikkisi g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishgandi.
70 kg. Stanislav Vasilev (Rossiya) — Muzaffar Rasulov (O'zbekiston), (1-raundda nokaut bilan)
80 kg. Odijon Aslonov (O'zbekiston) — SHadir Musa Bvogi (Uganda), (ochkolar hisobiga ko'ra).
Bokschilarimiz ushbu g'alabalari orqali 15 000 dollar mukofot puliga ega chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi bor Tailandda o'tkazilgan "CHempionlar oqshomi"da jang qilib, g'alaba qozongan bokschilar 10 000 dollar bilan mukofotlangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar