31 dek 13:13
Yangiliklar
Odilxon Kamalov SHohjahon Ergashev bilan bir oqshomda jang o'tkazadi + POSTER
Xabar berganimizdek, 4 yanvar kuni Samarqand shahridagi Family Park majmuasida SHohjahon Ergashevga tegishli Top Seven Fighters promouterlik kompaniyasi tomonidan navbatdagi professional boks turniri tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashevning o'zi jang qiladi. CHarm qo'lqop ustamiz Hindiston vakili Gurprit Singhga qarshi ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, ushbu boks turnirida taniqli pop MMA jangchisi Odilxon Kamalov ham boks qoidalari asosida jang o'tkazadigan bo'ldi. U ikki kun avval ijtimoiy tarmoqda SHohjahon Ergashevga murojaat qilib, jang so'ragandi. Bokschimiz Odilxonning so'rovini qabul qildi va unga jang berdi. Kamalov SHerxon Rahmatovga qarshi ringga chiqadi. Turnir 4 yanvar kuni soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar