20 jan 09:53
Yangiliklar
Odilxon Kamolov Erkebulan Toktarga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashini aytdi, buning sababi malum
U musobaqa davomida bo'lajak raqibi, qozog'istonlik Erekbulan Toktar bilan yuzma-yuz keldi. Hamyurtimiz mazkur jarayonda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan jangda ham ko'rdik, ko'p gapirgan yoki bashorat qilgan emas, sababini qilgan odam g'alaba qozondi. Jismoniy holatim tayyor bo'lgani uchun bu jangni qabul qildim. Erkebulanga bu revansh jangini beraman, deb vada bergan edim, vadamning ustidan chiqdim. Xudo xohlasa, sog' bo'lib tursak, mart oyida chiroyli jang ko'rsatamiz.
Yana bir gapni aytib o'tishim kerak. Bu yo'lni Dilshod Umirov (Ditto) bilan boshlagan edim. Mart oyidagi jangim faoliyatimdagi oxirgisi bo'ladi. Erkebulan Toktarga qarshi jang - men uchun so'nggi jang bo'ladi", - dedi Kamolov.
Malumot o'rnida, Odilxon Kamolov va uning menejeri Dilshod Umirov o'rtasidagi munosabatlarda yaqinda munozara o'tgani malum bo'ldi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zaro video murojaatlar namoyish etgan edi.
Fikrlar