13 mar 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Odilxon Kamolov: "Uchinchi jangda umuman boshqa Odilxonni ko'rasiz"
O'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolov Qozog'iston vakili Erkebulan Toktarga qarshi jangidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U 10 mart kuni Olma-Ota (Qozog'iston) shahrida o'tkazilgan Octagon 56 turniri doirasida Toktarga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
"1-1. Men uch raund davomida oshqozon og'rig'i bilan qozoq xalqi ko'z o'ngida jang qildim. U teykdaunlarga yaxshigina tayyorgarlik ko'ribdi. Parterdan har safar qochib ketdi. Buni tan olaman. Xudo xohlasa, uchinchi jangda siz umuman boshqa Odilxonni ko'rasiz. Meni qo'llab-quvvatlagan va men uchun qayg'urgan barchaga rahmat", - dedi Odilxon Kamolov.
Bu Kamolov va Toktar uchun o'zaro ikkinchi jang bo'ldi. Ularning birinchi jangida Odilxon sabmishen orqali muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar