01 mar 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Odilxon Kamolovning Gruziyadagi jangi birinchi raunddayoq yakunlandi
Gruziyaning Tbilisi shahridagi aralash yakkakurashlar bo'yicha Max Fight 14 turniri bo'lib o'tdi.
Tbilisi Olympic Palace majmuasida tashkil etilgan oqshom doirasida o'zbekistonlik Pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolov ham oktagonga chiqdi. Unga ukrainalik Stanislav SHaboltas raqiblik qildi. Jang o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Birinchi raunddayoq Odilxon raqibini oyog'iga og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, SHaboltas faoliyatidagi 16-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 4 taligicha qoldi. Odilxon Kamiolov esa 9-g'alabasini qo'lga kiritdi. Mag'lubiyatlari 5 tani tashkil qilmoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar