25 apr 10:52
Yangiliklar
Oeiras Ladies Open. Kudermetova bosh sovringa yaqinlashmoqda
Musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova 1/2 finalga etib keldi. Vakilamiz 1/16 finalda shveycariyalik Selin Naefni 5/7, 6/0, 6/2, 1/8 finalda ispaniyalik Guyomar Maristanini 5/7, 6/4, 6/4 hisobida taslim etgan edi.
Dunyoning 137-raketkasi bo'lib turgan vakilamiz 1/4 finalda WTA reytingida 166-o'rinni band etgan italiyalik Lyuchiya Broncettiga qarshi kortga chiqdi. To'qson etti daqiqa davom etgan bahsda Polina 7/6(4), 6/4 hisobida zafar quchdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Kudermetova 1, Bronzetti 2 ta eys zarbani amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada karrasiga ko'proq bo'ldi - 6 ga 1.
Bugun Polina Kudermetova final chiptasi uchun amerikalik Uitni Osigvega qarshi kortga chiqadi. Uitni WTA reytingida 180-pog'onada bormoqda. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.

Fikrlar