25 apr 17:00
Yangiliklar
Tennis
Oeiras Ladies Open. Polina Kudermetova finalda!
Portugaliyaning Oeyrash shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 195,652 evroni tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova finalgacha etib keldi. U biroz avval yakuniga etgan 1/2 finalda amerikalik Uitni Osigveni mag'lubiyatga uchratdi.
To'qson ikki daqiqa davom etgan uchrashuvda vakilamiz ikki setda ham bir xil hisobda g'alaba qozondi - 6/4, 6/4. Uitni WTA reytingida 180, Kudermetova esa 137-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham bugun eys zarbasini ijro eta olmadi. Qo'shxatolar Uitnida ikki barobar ko'proq bo'ldi - 4 ga 2.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar