26 apr 17:08
Yangiliklar
Oeiras Ladies Open. Polina Kudermetova finalda uch setlik uchrashuv o'tkazdi
WTA 125 toifasiga kiruvchi musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova finalgacha etib keldi. U biroz avval yakuniga etgan hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Fiona Ferroga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Kudermetova dunyo reytingida 137, Ferro esa 246-o'rinni band etgandi. Bir soatu 48 daqiqa davom etgan uch setlik bahsda afsuski, Fionaning qo'li baland keldi - 6/3, 0/6, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Bugungacha muvozanat teng edi. Bugungi muhim g'alaba orqali u hisobda oldinga ham chiqib oldi - 2:1.
Malumot uchun, 29 yoshli Ferro so'nggi bor 2020 yilda Palermo shahridagi WTA 250 toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'lgandi. Oradan 6 yil o'tib franciyalik tennischi yana sovringa ega chiqdi. U bir haftalik mehnatida 125 reyting ochkosi hamda 13 480 evro mukofot puliga ega chiqdi. Vice-chempion Kudermetova esa 81 ochko hamda 7 304 evroga ega bo'ldi.

Fikrlar