So’nggi yangiliklar

10:28ЎФА Жаҳон чемпионати-2026 чипталарининг сотуви бўйича баёнот берди 0 09:53SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Абдусатторов Праггни мағлуб этди 0 09:09Шавкат Раҳмонов жамоасида унинг кейинги фаолияти билан боғлиқ вазиятга ойдинлик киритилди 0 08:42Уимблдон. Драматик кечган Раҳимова - Саккари учрашув ғолиби тай-брекда аниқланди 0 08:03Роналду ЖЧдаги нохуш анъанасига чек қўйди 0 18:31UFC Шанхай турнирининг асосий жанги айтилди 0 18:00Жон Жонс Чимаевга фаолиятидаги илк мағлубиятдан кейин маслаҳат берди 0 16:58WBA Мурат Гассиевга тўлақонли жаҳон чемпиони мақомини берди 0 16:23Ўрозовга Италиянинг қайси клублари қизиқиш билдираётгани маълум 0 15:54"У жанг қилиши шарт эмас. Конорда барчаси бор". Жонс Макгрегорнинг қайтиши ҳақида гапирди 0 15:09Улуғбек Рашитов: "Келаси йилги Жаҳон чемпионатида шоҳсупага кўтарилиш учун бор кучимни бераман" 0 14:25Саиджамшид Жафаров Баку мезбонлик қиладиган IBA Чемпионлар оқшомида рингга чиқади 0 13:50"Андижон" футболчиси фаолиятини Португалияда давом эттиради 0 13:06Боксчиларимиз икки ёш тоифасидаги Осиё чемпионатларида иштирок этади 0 12:39Фазлиддин Ғоибназаров: "Ҳақиқий дада бўляпман" 0

03 iyu 10:28
Yangiliklar

Futbol

O'FA Jahon chempionati-2026 chiptalarining sotuvi bo'yicha bayonot berdi

Teglar :  FIFAO'FA
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlari uchun chiptalar savdosini bir necha bosqichda rasmiy onlayn platformalar orqali shaffof tarzda amalga oshirdi.

Qura tashlash marosimidan keyingi dastlabki savdo bosqichi 2025 yil 12 dekabrdan 2026 yil 13 yanvarga qadar davom etdi. Ushbu bosqichda futbol ixlosmandlari chipta xarid qilish uchun ariza topshirishdi. Ariza bergan talabgorlar orasida chipta egalari 2026 yil fevral oyida Tasodifiy tanlov (Random Selection Draw) orqali aniqlandi hamda g'oliblarning bank kartalaridan to'lovlar avtomatik ravishda echildi.

SHuningdek, 2026 yil mart–iyun oylarida FIFAning rasmiy chipta platformasi hamda VIP mijozlar uchun "On Location" Hospitality platformasi orqali qo'shimcha chiptalarni to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish imkoniyati ham yaratildi.

Savdoning barcha bosqichlarida istalgan davlat fuqarolari rasmiy platformalar orqali istalgan terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlar uchun ariza topshirish yoki mavjud bo'lgan chiptalarni to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

FIFA reglamentiga muvofiq, ishtirokchi terma jamoani uyushgan holda qo'llab-quvvatlovchi muxlislar uchun, ularning qaysi davlat fuqarosi bo'lishidan qatiy nazar, stadiondagi umumiy sotuvga chiqariladigan o'rinlarning kamida 8 foizini xarid qilish huquqi taqdim etiladi. SHunga ko'ra, stadion sig'imining 16 foizi o'zaro bahs olib borayotgan jamoalar muxlislari uchun, qolgan 84 foizi esa boshqa sektorlarda futbol tomosha qilishni xohlagan istalgan futbol muxlisi uchun umumiy savdoga chiqarildi.

Mazkur bosqichda O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlari uchun chipta narxlari FIFA tomonidan 140 AQSH dollaridan 700 AQSH dollarigacha, shuningdek, cheklangan miqdordagi joylar uchun 60 AQSH dollari etib belgilandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlarida uyushgan holda muxlislik qilish uchun, asosan, darvoza ortidagi sektorlardan jami 14 073 dona chipta ajratildi.

Mazkur kvotadan 8064 dona chipta o'zbekistonlik ishqibozlar tomonidan FIFAdan to'g'ridan-to'g'ri xarid qilingan. 6 009 dona chipta esa O'zbekiston futbol associaciyasi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futzal associaciyasi, O'zbekiston professional futbol ligasi, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi, hududiy futbol associaciyalari, professional futbol klublari, futbolchilar va ularning oila azolari, markazlashgan muxlislar jamoasi, sport tashkilotlari, davlat idoralari, homiylar hamda AQSHdagi vatandoshlar nomidan "Mahalla USA" tashkiloti uchun oldindan buyurtma berish maqsadida ajratildi.

Mazkur buyurtmalar bo'yicha chiptalar yuqorida qayd etilgan tashkilotlarga FIFA tomonidan belgilangan narxda va hech qanday qo'shimcha xizmat haqi undirilmagan holda taqdim etildi.

FIFA reglamentiga muvofiq, chipta egalari xarid qilingan chiptalarni FIFA rasmiy chipta ilovasi orqali boshqa shaxslarga elektron tarzda yuborish yoki qayta sotish huquqiga ega. Buning uchun FIFAning rasmiy chiptalarni qayta sotish platformasi (Resale Platform) faoliyat yuritadi.

SHu sababli O'zbekiston futbol associaciyasi xarid qilingan chiptalarning qayta sotilishiga taqiq o'rnatishi yoki ushbu jarayonni cheklash vakolatiga ega emas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing