11 mar 14:27
Yangiliklar
Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati urush tufayli qoldirildi
"Osiyo og'ir atletika federaciyasi (AWF) rasmiy bayonotiga ko'ra, 2026 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining sanalariga o'zgartirish kiritildi.
Malum qilinishicha, mazkur qaror Yaqin SHarq hamda Fors ko'rfazi mintaqasida yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilingan. Barcha delegaciyalarning xavfsiz va muammosiz ishtirokini taminlash maqsadida musobaqa yangi muddatga belgilandi.
Endilikda qita birinchiligi 2026 yil 12-17 may kunlari bo'lib o'tadi", deyiladi tashkilot xabarida.
Aslida, mazkur Osiyo chempionati 1-10 aprel kunlari Hindistonning Gandhinagar shahrida o'tkazilishi kerak edi. Musobaqa manzili o'zgartirishsiz qoldirilgan.

Fikrlar