So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

11 fev 18:02
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Muhammadqodirda oltin medallar

Xalqaro birdamlik musobaqasining erkaklar o'rtasidagi -81 kg vazn toifasida sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Ushbu vaznda vatanimiz sharafini ikki nafar ishtirokchi Hakimjon SHamsiddinov va Muhammadqodir Toshtemirov himoya qildi. Qayd etish kerakki, har ikkala vakilimiz mazkur vazndagi eng yosh atletlar hisoblanishadi. Buenos-Ayres o'smirlar olimpiadasi sovrindori Toshtemirov dast ko'tarishda 160 kg, siltab ko'tarishda 181 kg, ikki bahs yakuniga ko'ra 341 kg og'irlikdagi toshni boshi uzra baland ko'tarib, terma jamoamiz hisobidagi oltin medallar safini kengaytirdi. Uning sharafiga madhiyamiz yangradi.

Qirg'iziston jamoasi azosi Emil Moldodosov 152+181=333 kg og'irlik bilan kumush medallarni egallagan bo'lsa, yana bir qo'shnimiz turkmanistonlik Rustam Annaberdiev 326 kg (147+179) toshni o'ziga bo'ysindirib shohsupaning uchinchi o'rnidan joy oldi.

"Musobaqaga oltin medallarni ko'zlab kelgandim. Biroq, o'z ustimda yana biroz ishlashim kerak ekan. Nasib etsa, kelgusidagi Osiyo chempionatida bu maqsadimni amalga oshiraman. Toshkentga uchinchi bor kelishim. O'zbekistonliklarning mehmondo'st, bag'rikeng xalq ekanligi to'g'risida ko'p bor gapiriladi. Har safar kelganimda bunga yana bir bor amin bo'laman. O'zbekiston menga yoqadi",- dedi, bronza medallari sohibi Rustam.


"Hali ko'rasizlar, farzandim Olimpiada chempioni bo'ladi"

Ananadan biroz chekinib chempion emas, balki uni dunyoga keltirgan, voyaga etkazgan inson, Muhammadqodirning onalari Ulfatoy opa Toshtemirovaning ko'nglidagi gaplariga quloq tutdik: 

"Quvonchim ichimga sig'mayapti. Farzandim bu sport turi bilan 10 yoshidan boshlab shug'ullangan. Turmush o'rtog'im Muhammadqodirni ilk bor og'ir atletikaga olib borganlarida qarshi bo'lganman, xavotir olganman: hali yosh bo'lsa bu sport unga juda qiyinlik qiladi deb. Lekin mana oradan shuncha yillar o'tdi, tinimsiz mehnat qildi. Argentina olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashdi.Oddiy bir qishloq bolasining bunday ulkan natijalarga erishishida Yurtboshimizning sportga bergan etiborlari muhim rol o'ynaydi. Farzandimni shu yo'lgacha etib kelishida katta xizmat qilgan murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa, ko'rasizlar, bolajonim Olimpiada chempioni bo'ladi. O'zbekiston nomini dunyoga tanitaman degan barcha sportchilar uchun kechayu-kunduz duodamiz, barchalariga omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz",- deydi. 

Sizdek onalar bor ekan, O'zbekistondan minglab chempionlar etishib chiqaveradi.

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Suratlar: Og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing