So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

14 fev 09:47
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

SHu kunlarda og'ir atletika ishqibozlarining nigohi “O'zbekiston” sport majmuasida o'tkazilayotgan musobaqalarga qaratilgani, shubhasiz.

Kuni kecha kattalar o'rtasida oltinchi Xalqaro birdamlik musobaqasi o'z yakuniga etdi. Bugun esa o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi. Har ikki turnir ham Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. 

Kecha “O'zbekiston” sport majmuasida mazkur musobaqalarga bag'ishlangan matbuot-anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (XOAF) Bosh kotibi Muhammad Jalud, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti Xose Kuininos, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Mendiboev va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab xalqaro tashkilot vakillari musobaqa haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. 

“O'zbekiston doim musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtirib kelgan. Bu gal ham turnirlar alo darajada o'tayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin endi kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligini ham O'zbekistonga berish masalasini o'ylab qoldik. Transport tizimi, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar barchasi alo darajada. Koronavirus xavf solib turgan ayni paytda Xalqaro birdamlik musobaqasida 48 mamlakat vakillari ishtirok etdi. Bu esa xavfsizlik nuqtai nazaridan ham O'zbekistonning yana bir yutug'idir”, – dedi Muhammad Jalud. 

“Aytishim mumkinki, O'zbekiston Tokio Olimpiadasiga reyting ochko beradigan har ikki musobaqani ham saqlab qoldi. Aslida Xalqaro birdamlik musobaqasi Tunis, Osiyo chempionatlari esa Xitoy Taipeyida o'tishi kerak edi. Mamlakatingiz qisqa fursat ichida tashabbus ko'rsatib, musobaqalarni mana shunday saviyada tashkillashtira oldi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasining yig'ilishlarida biz doimo O'zbekistonni yuksak namuna sifatida ko'rsatib o'tamiz”, – dedi Xose Kuininos. 

– Musobaqani o'tkazish uchun oz vaqt qolgan bo'lsa ham uni shunday yuqori darajada tashkillashtirishda kimlar ko'mak berdi?
– Avvalo, bizning bunday tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagani uchun hukumatimizga rahmat aytmoqchiman. Qolaversa, bu borada Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ham katta yordamini aytib o'tish kerak. Bu tashkilotlar bizni qo'llab-quvvatlamaganida musobaqamiz bunday saviyada o'tmas edi. (SHahrullo Mahmudov).

– Musobaqada terma jaoamiz vakillarining ishtirokidan ko'ngilingiz to'ldimi? Nega Akbar Jo'raev siltab ko'tarish mashqining uchinchi urinishiga chiqmadi?
– Umuman olganda, ko'p ishtirokchilarimizning chiqishi meni qoniqtirdi. Ha, ishlashimiz kerak bo'lgan bazi joylar ham ko'rindi. Hali oldinda vaqt bor va kichik kamchiliklarni bartaraf etishga ulguramiz. Akbar masalasiga keladigan bo'lsak, u siltab ko'tarishning birinchi urinishidayoq oltin medallarni naqd qilib qo'ygan edi. Qolaversa, undagi kichik jarohatni ham inobatga olib, uchinchi urinishdan voz kechdik (Bahrom Mendiboev).

Eslatib o'tamiz, Xalqaro birdamlik musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi erkaklar o'rtasida 9 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, ayollar o'rtasida esa 7 ta oltin, 11 ta kumush va 3 ta bronza bilan har ikki yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing