10 dek 12:28
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Toshtemirov Doxa Gran-prisida nechanchi o'rinni egalladi?
Qatar poytaxti Doxa shahrida og'ir atletika bo'yicha Gran-pri turkumidagi turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida erkaklar o'rtasida -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi azosi Muhammmadqodir Toshtemirov ham supachaga ko'tarildi. "B" guruhida bahs olib borgan hamyurtimiz dast ko'tarishda 135 kg, siltab ko'tarishda 160 kg, ikki kurash yakuniga ko'ra 295 kg natija qayd etdi. Bu bilan Toshtemirov yakunda 9-o'rinni egalladi.
Ushbu vazn toifasida g'oliblik KXDR vakili Ri CHong Songga nasib etdi. Indoneziyalik Abdulloh Rahmat kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, turkmanistonlik Gaygisiz Toraev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Fikrlar