So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

22 apr 08:02
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Yosh Muhammadqodir Toshtemirov Osiyo chempionatining biryo'la uchta medalga sazovor bo'ldi

Toshkent shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Kecha 81 kg vazn toifasi vakillari supachaga ko'tarilishdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Muhammadqodir Toshtemirov va Xojiakbar Olimov himoya qilishdi. 

Etiborlisi, aynan bizning atletlar shu kuni supachaga chiqqanlar ichida eng yoshlari edi - Muhammadqodir 2001 yil, Xojiakbar esa 2003.

Dast ko'tarish mashqida Olimov barcha urinishlari omadli chiqdi va 146 kg natija qayd etdi.

Muhammadqodir esa ushbu vazn "gigantlari" xitoylik Li Dayin va Lyu Ksyao Junga qarshilik ko'rsatishga qaysidir manoda muvaffaq bo'ldi. Sababi aynan Toshtemirov Xitoy termasi vakillariga eng yaqin kela oldi hamda bronza medalini qo'lga kiritdi. 

G'oliblik uchun kurashda Li va Lyu nafaqat raqiblaridan sezilarli darajada "qochib ketishdi" balki ketma-ket jahon va Osiyo rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'lishdi. Avvaliga tajribali Lyu Ksyao Jun 174 kg ko'tarib, rekord o'rnatgan bo'lsa, oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas, Li Dayin hamyurtining natijasini 1 kgga yaxshiladi. 

Siltab ko'tarish mashqida esa barchasi o'zgarib ketdi. Muhammadqodir rejaga asosan har uch imkoniyatidan unumli foydalandi va 185, 190 va 193 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi. 


Undan so'ng supachaga turkmanistonlik atlet chiqdi va 195 kg toshni ko'tardi, lekin texnik xato tufayli hakamlar urinishni inobatga olishmadi. Murabbiylar vaziyatni takroran ko'rishni so'rashi, etirozlariga qaramay hakamlarning fikri o'zgarmadi. 

Dast ko'tarishda rekord o'rnatgan Li Dayin aynan oxirgi urinishda elkasidan jarohat oldi chog'i, siltab ko'tarishda birinchi urinishdayoq xatoga yo'l qo'ydi. Jarohat kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi va Li keyingi urinishlarida ham shtangani ko'tara olmadi. Oqibatda oltin uchun kurashgan Li Dayin umuman medalsiz qoldi hamda bronza oladi deb turganimiz, Muhammadqodir Toshtemirov siltab ko'tarish va ikki kurash bo'yicha kumush medalga sazovor bo'ldi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing