11 iyu 13:17
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida medallar bo'yicha birinchi bo'lishdi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Nufuzli musobaqada Osiyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etib, medallar uchun keskin va murosasiz bellashuvlar olib borishdi.
Qitaning 20 dan ziyod davlat vakillari bilan kechgan musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi azolari 58 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Mamlakatimizning o'smir og'ir atletikachilari 5 ta oltin, 13 ta kumush va 10 ta bronza, jami 28 ta medalga ega chiqishdi. Yoshlarimiz esa o'z hisobiga 3 ta oltin, 7 ta kumush, 20 ta bronza, jami 30 ta medalni qo'shib qo'ydi.
Bu musobaqadagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar