23 okt 15:59
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqda
Turnirning qizlar o'rtasidagi bahslarida-49 kg vazn toifasida supaga chiqqan Nigora Abdullaeva dast ko'tarish va siltab ko'tarish mashqlarida jami 170 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, o'smirlar o'rtasida kumush va yoshlar o'rtasida bronza medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarning -73 kg vazn toifasida O'zbekiston vakillari oltin va kumush medalga ega bo'lishdi.
Xususan, ushbu bahsda ikki yo'nalish natijasiga ko'ra, 294 kglik natija qayd etgan Asadbek Narimonov turnir g'olibiga aylangan bo'lsa, Og'abek To'xtaev 292 kg toshni o'ziga bo'ysundirib ikkinchi o'rin sohibiga aylandi.
Qayd etish lozim, mazkur musobaqa Tokio olimpiadasi uchun eng muhim bo'lgan oltin ochkolarni taqdim etishi bilan alohida ahamiyatga ega.
Fikrlar