10 may 16:41
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatidagi ilk medalini qo'lga kiritishdi
Kecha Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlangandi.
Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari doirasida erkaklar o'rtasidagi -67 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Etiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Xusinboy Matrasulov dast ko'tarishda 140 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.
Bu terma jamoamizning mazkur musobaqadagi ilk medali bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar