So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

16 iyu 10:51
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz xalqaro onlayn musobaqada ishtirok etishadi

Hozirda yuzaga kelgan pandemiya sabab ko'plab tadbirlar onlayn tarzda olib borilmoqda.

Jumladan, dunyo ahli sekin-asta sport musobaqalarining shunday o'tishiga ham guvoh bo'lmoqda.

18-19 iyul kunlari Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ilk bor katta masshtabda onlayn musobaqa tashkil qilmoqda. Unda jahonning 20 dan ziyod davlatidan 80 ga yaqin mahoratli atletlar ishtirok etadi. Ular orasida terma jamoamizning vakillarini ham uchratish mumkin.

Tarkib

Murabbiylar shtabi mazkur musobaqada quyidagi 7 nafar sportchimizni sinab ko'rish niyatida:

-73 kg: Adhamjon Ergashev (22:00);
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (00:00);
-102 kg: Farhod Sobirov (02:00);
-109 kg: Akbar Jo'raev (02:00);
-55 kg: Nigora Abdullaeva (20:00);
-71 kg: Kumushxon Fayzullaeva (22:00);
-81 kg: Tursunoy Jabborova (02:00).

Yuqorida atletlarimizning chiqishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. Ha, musobaqa tashkilotchilari mahalliy vaqt sifatida Janubiy Amerika mintaqasini tanlagan. Zero, ishtirokchi davlatlarning aksariyati g'arbiy yarim shar vakillariga to'g'ri keladi. Bir tomondan vakillarimizning irodasi va mahorati mana shunday murakkab vaziyatda yana bir karra toblanadi.

Tayyorgarlik

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi mazkur musobaqa tayyorgarligiga o'zgacha yondashgan. Boisi anchadan beri musobaqa ko'rmagan polvonlarimiz onlayn turnirga katta shijoat bilan hozirlik ko'rishmoqda. Federaciya rahbariyati sportchilarning mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida turli ko'ngilochar tadbirlarni tashkil qilib turibdi. Dam olish paytlari vakillarimiz shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol kabi sport turlarida ham o'zaro raqobatlashib, turli kinofilmlar tomoshasi va kitob mutolaasi bilan bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing