14 dek 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Og'ir vazn toifasida yangi PFL chempioni aniqlandi
Franciyaning Lion shahrida o'tkazilgan PFL ligasining navbatdagi turniri asosiy jang 30 soniya davom etdi.
Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Vadim Nemkov braziliyalik bahaybat aralash yakkakurash ustasi Renan Ferreyraga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning o'ttizinchi soniyasidayoq Nemkov raqibini qo'l uchburchagi usulida bo'g'ib qo'ydi.
SHu tariqa, Vadim Nemkov og'ir vazn toifasida PFL chempioniga aylandi. 33 yoshli Nemkov afsonaviy Fyodor Emelyanenkoning shogirdi hisoblanadi. Uning professional aralash yakkakurashlardagi rekordi 20 g'alaba (15 tasi muddatidan avval), 2 mag'lubiyatni tashkil qiladi. Yana bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgan. Jangovor sambo bo'yicha to'rt karra Rossiya chempioni hisoblanadi.

Havola :
Fikrlar