07 may 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Verdum yangi promoushendagi debyutida nokautga uchradi + FOTO
AQSHning Atlantik-Siti shahrida aralash yakkakurash bo'yicha Professional Fighters League (PFL) promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida og'ir vaznda sobiq UFC chempioni, braziliyalik Fabrisiu Verdum (24-10-1) vatandoshi Renan Ferreyra (7-2)ga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang kutilmaganda birinchi raundning o'zida Ferreyraning g'alabasi bilan yakunlandi. Renan nomdor raqibini teykdaunga tushirdi va parter holatida ketma-ket yo'llangan zarbalar evaziga g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar