06 jan 09:38
Yangiliklar

Og'ir vaznda sobiq UFC chempionining raqibi va jang sanasi malum
Belaruslik sportchining navbatdagi jang sanasi va raqibi malum qilindi. Orlovskiy 20 fevral kuni Tom Aspinalga qarshi oktagonga ko'tariladi, deb xabar bermoqda UFC Europe o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.
Orlovskiy uchun 2020 yil omadli keldi. U o'tgan yili ikkita jang o'tkazib, har ikkisida ham g'alabaga erishdi. Avvaliga u 13 may kuni Felipe Linsdan ustun keldi, keyin esa noyabrda kanadalik Tanner Boserning g'alabali seriyasiga chek qo'ydi.
Britaniyalik Tom Aspinal esa 2020 yilda UFC promoushenida debyut qildi. Iyul oyida o'tkazilgan jangda u Jek Koleni mag'lubiyatga uchratdi. Oktyabrda esa Alan Baduni nokaut evaziga taslim etdi. 27 yoshli Aspinal 11 jangining 9 tasida zafar quchgan.
Fikrlar