05 apr 16:53
Yangiliklar
Og'ir vazndagi dzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatiga jo'nab ketishdi + FOTO
Bishkek shahri 6-9 aprel kunlari kattalar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqada ikki qitaning jami 30 davlatidan 216 (123 erkak, 93 ayol) nafar dzyudochi qita chempionati medallari hamda Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sharafini Ilias Iliadis va Nellya Kiyamova murabbiyligidagi 20 nafar dzyudochimiz himoya qiladi.
Biroz avval og'ir vazn toifasidagi dzyudochilarimiz Bishkekka yo'l olishdi. Osiyo - Okeaniya chempionatida Yaponiya, Janubiy Koreya, Mo'g'uliston, Qozog'iston kabi nafaqat qitaning, balki dunyoning kuchli terma jamoalari asosiy tarkiblari bilan ishtirok etadi. Osiyo chempioni oltin medal bilan birga 700 reyting ochkosiga ham ega bo'ladi.
Fikrlar