23 iyu 10:04
Yangiliklar

"Oklaxoma" o'z tarixida ilk bor MBA chempioni bo'ldi
Unda parket egalari "Oklaxoma-Siti Tander" jamoasi "Indiana Peysers" klubiga qarshi bahs olib borib, ishonchli 103:91 hisobida g'alaba qozondi. Seriyadagi hisob "Oklaxoma" foydasiga, 4:3 ko'rinishiga keldi.
Oklaxoma-Siti Tander: Giljes-Aleksander - 29, Uilyams - 20, Xolmgren - 18, Karuzo - 10, Uolles - 10, Dort - 9, Xartenshtayn - 7, Jons, Uilyams, Jo, Jeng, Uiggins, Mitchell, Uilyams
Indiana Peysers: Maturin - 24, Makkonnell - 16, Siakam - 16, Nembard - 15, Xalibyorton - 9, Tyorner - 6, Nesmit - 3, Bredli - 2, Toppin, Brayant, Uoker, Fyorfi, Jonson, Jekson, SHippard
Uchrashuvning eng samarali basketbolchisi SHey Giljes-Aleksander bo'ldi. "Oklaxoma"ning kanadalik etakchisi 29 ochko jamg'arishga erishdi. "Oklaxoma" o'z tarixida ilk bor MBA chempioniga aylandi. "Tander" esa birinchi va hozircha oxirgi martta 1979 yilda chempion bo'lgandi. O'shanda jamoa Sietl shahri nomidan "Sietl Supersoniks" klubi sifatida qatnashgandi.
Fikrlar