14 jan 13:40
Yangiliklar
Tennis
Oklend. Rishar Gaske Kemeron Norrini mag'lub etib, 2018 yildan beri ilk chempionligini qo'lga kiritdi
Oklendda bo'lib o'tgan ATR taqvimidagi turnir yakunlandi.
Jahonning 67-raketkasi, franciyalik Rishar Gaske turnir finalida ATR reytingida 12-pog'onani egallab turgan britaniyalik Kemeron Norrini 4/6, 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etdi va bosh sovrin egasiga aylandi.
Tennischilar kortda 2 soatu 28 daqiqa harakat qilishdi. Bu tennischilarning o'zaro birinchi rasmiy uchrashuvi bo'ldi.
36 yoshli Gaske uchun bu unvon 2018 yildan beri birinchi bo'ldi. Oklenddagi g'alaba uchun u 250 reyting ochkosi va 97 760 dollar mukofot puliga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar