17 avg 19:19
Yangiliklar
Olamsport.com "Yangiobod"da: Bokschilarimiz JCHga qanday tayyorgarlik ko'rishmoqda? FOTOREPORTAJ
U erda 8 sentyabr kuni start oladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda.

Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoamiz bahslarga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.

Mashg'ulotlar oldidan

Madiyar Saidrahimovning kayfiyati alo darajada

Og'ir vaznli bokschilarimiz

Murabbiylar

Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov ham shu erda

SHahobiddin Zoirov JCHda oltin medalni ko'zlamoqda

Jonkuyar va fidoyi Rahmatjon Ro'zioxunov

Bobousmon Baturov ham mashg'ulotlarga zo'r bergan

Individual mashg'ulotlar

Bokschilarimizning mashg'ulotlari barcha uchun qiziq

Aytdik-ku, barcha uchun qiziq deb :)

Sportchilarimiz shifokor Komiljon aka nazoratida

"T-62" - o'zimizning Bobousmon

Abdulhay SHorahmatov yakka tartibda shug'ullanmoqda

Otabek Xolmatov ham

Mironshox Ibragimov uzoq tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. Uning sog'lig'ida muammo paydo bo'lgandi, hozir barchasi ortda qolgan

OAV xodimlari sportchilarimiz bilan muloqot qilishmoqda

Azizbek Abdug'ofurov ham 24 avgust kungi jangiga aynan Yangiobodda hozirlik ko'rmoqda

Qudratillo Angrenda ekanligi haqida avvalroq xabar berib o'tgandik

Baza ana shunday ajoyib manzilda joylashgan

Bobousmon Baturov "Sport" kanali muxbiriga intervyu bermoqda

"Sport TV"dagi hamkasblarimiz

Abdulhay SHorahmatovga faqat va faqat omad tilaymiz

Bahodir Jalolov

SHahobiddin Zoirov va Nodirjon Mirzahmedov juftlikda

Yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida Elnur Abduraimovdan medal kutib qolamiz

Istadodli charm qo'lqop ustamiz Foziljon Abdumurodov

Bahodir Jalolov ham Ekaterinburgdan medal bilan qaytishiga ishonamiz

O'smirlar Olimpiadasi sovrindori Jahongir Rahmonov

Bokschilarimizning tayyorgarlik jarayonini yoritish uchun tashrif buyurgan hamkasblarimiz

Mashg'ulotlar davomida bekorga shifokor ham jalb etilmagan, mana shunday holatlar ham bo'lib turadi

Murabbiy Farrux Qilichev Jahongir Rahmonov bilan ishlamoqda

Marat Qurbonovni intervyuga ko'ndirish oson emas)

Bobousmon Baturov va uning birinchi murabbiyi Burxon Ahmedov

Rahmatjon Ro'zioxunov yuklamalarni nazorat qilmoqda

Istedodli bokschilarimiz

Bahodir va Elnur JCH-2015 da bronza medalini qo'lga kiritishgandi. Bu safar bronzani oltinga aylantirish vaqti kelgan
Bokschilarimiz yig'inni yakunlashdi. Ertaga bir necha sportchimiz Grozniy shahridagi xalqaro turnirga yo'l oladi. 22 avgust kuni esa Ekaterinburgda yig'in boshlanadi. Unda terma jamoamizning 1-2-3 raqamli sportchilari ishtirok etishadi. Grozniydagi musobaqa yakunlangach bokschilarimiz o'sha erning o'zidan Ekaterinburgga borishadi va tarkib to'liq holatga keladi.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar