06 avg 14:40
Yangiliklar
Tennis
"Old is gold": 38 va 35 yoshli tennischilar Vashingtondagi turnirning juftlikdagi g'olibalari bo'lishdi
Vera Zvonareva va Laura Zigemund Vashintondagi WTA 500 turniri g'oliblariga aylanishdi.
Juftlik bahslari finalida ular Aleksa Guarachi va Monika Nikoleskuni ikki setda bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Bu Zvonareva hamda Zigemund hamkorligidagi to'rtinchi sovrin hisoblanadi. 38 yoshli Zvonareva juftlik bahslarida 13-tituliga ega chiqqan bo'lsa, 35 yoshli Zigemundda sovrinlar soni 11tani tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar