11 dek 11:44
Yangiliklar
Oleg Taktarov: "Dana Uayt Maxachevning mag'lub bo'lishini xohlaydi"
"Dana Uayt Merabning ruhiy tushkunlikka tushganini va unga Pyotr bilan ushbu jangni berish kerakligini juda yaxshi tushunardi. CHunki bir kishi uzoq vaqt yuta olmaydi, bu biznes uchun yomon degani. U hozir Islamning yutqazishini orzu qilyapti, shuning uchun Topuriya bilan kelishishga harakat qilsa kerak. Boisi, bu undan yutishi mumkin bo'lgan yagona odam", - dedi Taktarov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi yangi chempioni rossiyalik Islam Maxachev tashkilotning P4P reytingida etakchilik qilmoqda. Engil vazndagi kamarning amaldagi egasi Iliya Topuriya esa reytingda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Maxachevning oktagondagi navbatdagi raqibi kim bo'lishi hozircha nomalum.

Fikrlar