12 fev 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Oleg Taktarov Pyotr Yanga murojat qildi
Rossiyalik aralash yakkakurashlari ustasi Pyotr Yan Instagram sahifasiga yangi post joylashtirdi.
Kecha, 11 fevral kuni Pyotr 29 yoshga to'ldi.
"Do'stlar, men bir yoshga ulg'aydim. Menda bor hamma narsa uchun Yaratganga shukur. Har bir kunimni qadrlayman. Tabriklaringiz uchun barchangizga katta rahmat", - deb yozgan Yan.
UFC 6 turniri g'olibi, aralash yakkakurashlar faxriysi Oleg Taktarov esa post ostiga izoh qoldirib, Yanni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.
"Bayram muborak!", - deb yozgan Taktarov.
Yan hozirda AQSH vakili Aljemeyn Sterling bilan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Aynan u bilan bo'lgan jangda Yan chempionlik kamaridan mahrum bo'lgandi. Sterling va Yan o'rtasidagi revansh jangi 9 aprel kuni, UFC 273 musobaqasi doirasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar