08 iyu 14:29
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Olga Zabelinskaya Sloveniyadagi musobaqada kumush medalga sazovor bo'ldi
Ayni kunlarda Sloveniyaning Lyublyana shahri velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha “Ljubljana - Domžale - Ljubljana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. 
			Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.
Bugun shosse buyicha bo'lib o'tgan individual poygada Olga Zabelinskaya musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Sportchimiz belgilangan 21.2 kilometr masofani bosib o'tish uchun 27 daqiqa sarfladi.
Poygada shveciyalik Reusser Marlen oltin, italiyalik Bussi Vittoria esa bronza medaliga egalik qilgan.
Avvalroq Olga Zabelinskaya Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatining guruh poygasida g'alaba qozonib, ushbu yo'nalish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : minsport.uz
             
			
Fikrlar