So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

23 iyu 09:30
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olim Hikmatov karantin, kurashchilarimizning holati va ichki raqobat haqida

Butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi barcha sohalarda bo'lgani kabi sportga ham jiddiy zarar etkazdi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.

Olimpiada bir yilga kechiktirildi. Barcha xalqaro va ichki musobaqalar bekor qilindi. Sportchilar uy sharoitidagi mashg'ulotlar bilan cheklanishyapti. Albatta, bu elga kelgan to'y va butun dunyo bir xil sharoitda. Lekin ertaga musobaqalarga boshlanganidan keyin bu natijaga yaxshigina tasirini o'tkazishi mumkin. Biz ayni mavzuda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Hikmatovdan intervyu oldik.      

- Olim aka, koronavirus pandemiyasi butun dunyoga kelgan sinov bo'ldi. Mana uch oydirki, musobaqalar yo'q. To'g'ri, mashg'ulot o'tkazilyapti. Ammo, yakka tartibdagi bu mashqlar umumiy mashg'ulot o'rnini bosa olmaydi. SHu manoda, erkin kurashchilarimizning bugungi holati haqida nima deya olasiz?

- Darhaqiqat, pandemiya butun dunyoga vabo sifatida keldi. Kurrai zaminimizning barcha davlatlarida bu virusga qarshi keskin kurash ketyapti. Siz aytgandek, barcha xalqaro va ichki musobaqalar bekor qilingan. Hatto, to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladigan Olimpiada ham bir yilga kechiktirildi. Biroz ajablanarlisi, bundan bir-ikki oy oldin butun dunyo sportchilari karantin holatiga o'tgan bir paytda dog'istonlik kurashchilar sport zallarida qolib, bemalol mashg'ulotlarni davom ettirishdi. Buning oqibati esa keyinchalik yaxshi bo'lmadi. Kurashchilar orasida koronavirusni yuqtirib olganlar va hatto murabbiylarda o'lim holati ham kuzatildi. Biz uchun sportchilarimiz va ularning oila azolarining sog'lig'i birinchi o'rinda turgani uchun bu masalaga jiddiy yondashdik. Kurashchilarimiz uy sharoitida mashg'ulotlarni o'tkazishdi va bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Mashg'ulot paytida ham niqoblar echilmadi. Barcha sanitariya-gigeinik talablarga rioya qilgan holda mashg'ulotlarni olib borishyapti. Andijon, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda terma jamoaga nomzod kurashchilarimiz bor. Ular bilan video onlayn-mashg'ulotlar tashkil etilyapti. To'g'ri, bugungi kunda kurashchilarimiz umumiy sport formalarining ellik foiziga tushib qolgan. Lekin bu havotirli holat emas. Umumiy tarzdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga ruxsat berilsa, bir-ikki oy ichida avvalgi sport formalariga qaytib olishadi. Pandemiya yo'qolib, terma jamoamiz azolari yil oxirigacha bir-ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etishsa, bundan ham yaxshi bo'lar edi. Evropaning bir nechta mamlakat terma jamoalari o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlab yuborishgan. Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya sport kurashlari terma jamoalari shular jumlasidan. Nasib qilsa, bizda ham tez orada vaziyat yumshab, sportchilarning mashg'ulotga qaytishiga ruxsat berishsa kerak. Taxminan ikki haftalarda Dukentda yig'in boshlashimizga umid qilyapman.    

- SHu yilning o'zida jahon chempionati o'tkazilishi mumkin degan xabarlar chiqqandi. Umuman, hozirgi holatdan kelib chiqsak, sportchining musobaqaga optimal formada tayyor bo'lib olishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Kuni kecha Birlashgan kurash dunyosining navbatdan tashqari onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini kelasi yil Norvegiyada o'tkazishga kelishib olindi. Bu yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilishi mumkin. Lekin butun dunyodagi pandemik vaziyat yumshamasa, bu musobaqa ham bekor qilinadi. Kuz oylarida o'tkazilgan taqdirda ham ko'p davlat qatnashmaydi. Musobaqaga talab darajasida tayyorlanish uchun kamida ikki oy, yani ikkita o'quv-mashg'ulot yig'ini kerak bo'ladi.

- Olimpiadaning bir yil keyinga qoldirilishi erkin kurashchilarimiz uchun foydali bo'ldimi yoki aksincha?

- Tokio-2020 Olimpiadasining bir yilga kechiktirilishi biz uchun foydali bo'ldi, deyish mumkin. Lekin -74 va -97 kg vaznlarimiz uchun aksincha bo'ldi. Ular Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritishga tayyor edilar. O'zlarining eng yuqori tayyorgarliklariga chiqib ulgurgandilar. Magomed Ibragimov biroz yoshi katta kurashchimiz hisoblanadi. 2 iyun kuni 35 yoshga to'ldi. Tajribasi juda ham katta. Rio Olimpiadasi hamda Osiyo o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan. Uning yoshini inobatga olsak, bir yil ham katta muddatdek ko'rinadi. O'ylaymanki, Magomed ham, Bekzod Abdurahmonov ham kelasi yilgi licenzion musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik bilan kirib borishadi. Bekzod yosh, kuchga to'lgan, unda muammo bo'lmasa kerak. -57 kg vazn uchun esa ijobiy holat bo'ldi. Aynan shu engil vazn toifamizda raqobat juda ham kuchli. Nodirjon Safarov, Mahmudjon SHavkatov, G'ulom Abdullaev sog'lom raqobatni yuzaga keltirishgan. Ularning safiga istedodli kurashchimiz Umidjon Jalolovni ham qo'shish mumkin. Umidjon yoshlar o'rtasida Osiyo, jahon va Olimpiada chempioni bo'lgan. Sekin-asta kattalar terma jamoasiga qo'shilib boryapti. Bir yil ichida Jalolov ham kuchayib oladi. -65 kg vaznda Ilyas Bekbulatov bizning birinchi raqamli kurashchimiz hisoblanadi. Qo'lidagi jarohat sabab o'tgan yili kam musobaqalarda ishtirok etdi. Buning natijasida 2020 yilning dastlabki ikki oyida ketma-ket ikkita musobaqada qatnashdi. Osiyo chempionatida ham, Turkiyadagi xalqaro turnirda ham birinchi o'rinni egalladi. Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritish uchun tanaffuslarsiz harakat qilayotgandi. Olimpiadaning bir yilga qoldirilishi bu vaznimiz uchun ham yaxshi bo'ldi, deb ayta olaman. -86 kg vaznda ham yaxshi raqobat vujudga kelgan. Javrail SHapiev va Rashid Qurbonovga Isa SHapiev raqobatni yuzaga keltirgan. Rashidning yoshi katta ekanligini inobatga olsak, unga biroz qiyin bo'ladi. Aka-uka SHapievlarga esa "Tokio-2020"ning bir yilga qoldirilishi yaxshi bo'lishi kerak. Ular bu vaqt ichida talab darajasidagi sport formasiga kirib olishadi. -125 kg vaznda Hasanboy Rahimov Nur-Sultonda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Afsuski, unda doping aniqlandi. Buning natijasida endi boshqa kurashchilarimiz licenziya uchun kurash olib borishadi. Bu vaznda Amir Lutfullaev, Ibrohim Ilhomjonov, Suhrob Mukarramov, qoraqalpog'istonlik 19 yoshli yigitimiz Dilmuhammad Nurmuhammedov raqobatga kirishishgan. SHuningdek, -97 kg vazndagi Maqsud Veysalovni og'ir vazn toifasida sinab ko'rmoqchimiz. Agar Olimpiada o'z vaqtida o'tkazilganida, bu vazndagi licenziya uchun imkoniyatimiz 20-30 foiz holatida bo'lar edi. Hozir esa 60-70 foizga yo'llanmani qo'lga kiritishimizga ishonyapman.   

davomi bor...


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing