04 mar 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum! Ularning har ikkisi kamar uchun ringga ko'tariladi + POSTER
Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ishtirokidagi janglar Vetnamda tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida o'tkaziladi.
«Cocybuffalo Promoutions» kompaniyasi 30 aprel kuni Vetnamning Xoshimin shahrida prof boks kechasi uyushtiradi. Etiborlisi, mazkur oqshom doirasida promoushen bilan shartnomasi bor charm qo'lqop ustalarimiz Olimjon Nazarov (50,8 kg) hamda Abdurasul Ismoilov (61,2 kg) navbatdagi jangini o'tkazadi.
Nazarov (25-5 15KO) filippinlik Xerma Bolorod (6-1, 4KO)ga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang hamyurtimizga tegishli WBO Oriental kamari uchun kechadi. Ismoilov (9-1, 5KO) esa boshqa bir filippinlik - Arji Tokuero (13-5-3, 10KO)ga qarshi vakant bo'lib turgan WBO Oriental kamari uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar