08 sen 21:06
Yangiliklar

Olimjon Nazarov WBO kamarini himoya qiladi, yana uch nafar prof bokschimiz Seulda ringga ko'tariladi
«Cocybuffalo Promoutions» kompaniyasi tomonidan Janubiy Koreaning Seul shahrida professional boks kechasi tashkil etilmoqda. Oqshom 23 oktabrda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Kechada O'zbekiston, Janubiy Koreya, Vetnam hamda Filippin charm qo'lqop ustalari ishtirokida 8 ta jang bo'lib o'tadi.
Kechaning anderkardida ringga chiqadigan Olimjon Nazarov WBO Oriental kamarini himoya qiladi.
Ahamiyatlisi, ushbu kechada 4 nafar vakilimiz ringga ko'tariladi:
8 raund
Ravshanbek SHermatov (7-1, 2 KO) – Dong-Xo Keum (6-3-2, 4 KO) (Janubiy Koreya)
Abdulazizbek Najmiddinov (7, 6 KO) – Sung-Xyon Kim (4-2-2, 3 KO) (Janubiy Koreya)
10 raund
Abdurasul Ismoilov (9-1, 5 KO) – Moo-Xyun Kim (8-1, 3 KO) (Janubiy Koreya)
12 raund
Olimjon Nazarov (30-25-5, 14 KO) – Maykl Mendoza (14-11-1-1, 4 KO) (Filippin)
Markaziy to'qnashuv ayollar o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda kun chiqar yurt vakilasi Etsuko Tada (26-20-3-3, 7 KO) o'ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qiladi. Ushbu jang 10 raundga mo'ljallangan. Vetnamlik davogar bokschi ayni paytda Toshkentda bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'ryapti.
Fikrlar