08 noy 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada-2016 chempioni Tishenko WBO European kamarini qo'lga kiritdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Boks kechasining markaziy jangida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, havaskorlar o'rtasida jahon chempioni rossiyalik Evgeniy Tishenko britaniyalik Jon Makkallumga qarshi ringga ko'tarildi.
Birinchi og'ir vazn toifasida o'tgan jangda tajribali Tishenko raqibini muddatidan avval mag'lub etdi va WBO European chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Bu Evgeniyning professional boksdagi sakkizinchi g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Fikrlar