16 fev 08:53
Yangiliklar
Olimpiada-2018. Bugunning ilk medallari Koreya va avstriyalik sportchilarda
Janubiy Koreya vakili Yun Sunbin bugungi musobaqalardagi ilk oltin medalni qo'lga kiritdi. Mezbon sportchi skeleton musobaqasida Olimpiada chempioniga aylandi. Rossiyalik Nikita Tregubov kumush, britaniyalik Dominik Parsons bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Erkaklar o'rtasidagi tog' chang'isi musobaqasining supergigant bahslarida avstriyalik Mattias Mayer eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioni bo'ldi. SHveycariyalik Beat Foyc kumush, norvegiyalik Ketil Yansrud bronza medali bilan taqdirlandi.
Olimpiada-2018. Pxenchxan, Janubiy Koreya. 16 fevral
Skeleton. Erkaklar
1. Yun Sunbin (Janubiy Koreya)
2. Nikita Tregubov (Rossiya)
3. Dominik Parsons (Buyuk Britaniya)
Tog' chang'isi. Erkaklar. Supergigant
1. Mattias Mayer (Avstriya)
2. Beat Foyc (SHveycariya)
3. Ketil Yansrud (Norvegiya)
Fikrlar