12 fev 08:18
Yangiliklar
Olimpiada-2018. Medal olgan davlatlar soni 14taga etdi
Pxyonchxandagi Oq Olimpiadaning ikkinchi kungi bahslaridan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha hamon Germaniya terma jamoasi peshqadamlik qilyapti. Olmonlar 3ta oltin, bitta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishdi.
Gollandiya terma jamoasi sportchilari 2ta oltin, 2ta kumush, bitta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. Norvegiya, SHveciya, Janubiy Koreya, AQSH, Avstriya hamda Franciya terma jamoalari hisobida hozircha bittadan oltin medal bor.
Yon qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi kechagi kungi bahslarda ilk medalni qo'lga kiritishdi. Hozirgacha jami 14ta davlat terma jamoalari kamida bitta bronza medaliga ega chiqishdi.
Medallar jamg'arish bo'yicha jadval:
1. Germaniya – 3-0-1 (4)
2. Gollandiya – 2-2-1 (5)
3. Norvegiya – 1-4-3 (8)
4. AQSH – 1-1-0 (2)
5-8. SHveciya – 1-0-0 (1)
5-8. Janubiy Koreya – 1-0-0 (1)
5-8. Avstriya – 1 (1-0-0)
5-8. Franciya – 1-0-0 (1)
9. Kanada – 0-3-1 (4)
10. CHexiya – 0-1-1 (2)
11-14. Italiya – 0-0-1 (1)
11-14. Rossiya – 0-0-1 (1)
11-14. Finlyandiya – 0-0-1 (1)
11-14. Qozog'iston – 0-0-1 (1)
Fikrlar