21 okt 13:02
Yangiliklar
Tokio-2020
“Olimpiada-2020” musobaqalari Kuril orollarida o'tkaziladimi?
Tokio Gubernatori Kiodo Cusin Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining Tokiodagi kuchli issiq tufayli “Olimpiada-2020”ning ayrim musobaqalarini bu shahardan Sapporoga ko'chirish bo'yicha taklifini izohlay turib, bu o'yinlarni Kuril orollarida o'tkazishni taklif qildi.
“Kyodo” agentligi Cusinning “Agar sovuqroq joy kerak bo'lsa, o'yinlarni nega endi shimoliy hududlarda o'tkazish mumkin emas”, degan so'zlarini keltiradi.
“Yaponlar Kuril orollarini shimoliy hududlar deb ataydi. Kuril orollari esa Rossiyaga qarashli”, deyiladi “REGNUM” xabarida.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar mahkamasi Yaponiyaning Olimpiadani siyosiylashtirishidan taassufini malum qilgandi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar