15 iyu 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada chempioni Endi Kruz eliminator jangida muddatidan oldin g'alaba qozondi (VIDEO)
Tokio-2020 Olimpiadasi g'olibi Endi Kruz (6-0, 3 KO) yaponiyalik Xironori Mishironi (17-2-1, 6 KO) mag'lub etdi.
IBF yo'nalishidagi eliminator maqomida kechgan bahsda yapon bokschisi 3-raundda ikki marotaba nokdaunga uchradi. 5-raundda esa hakam jangni to'xtatdi. SHunday qilib, kubalik Endi Kruz navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritib, chempionlik kamariga davogar bo'ldi.
Jang Nyu-Yorkda bo'lib o'tdi.
Faoliyatini yakunlagan Vasiliy Lomachenkoga tegishli IBF chempionlik unvoniga endilikda amerikalik Reymond Muratalla (23-0, 17 KO) egalik qiladi.
GREATNESS IS COMING ????????@Andydiamondcruz wins by fifth round stoppage and is now the mandatory challenger for the IBF World Lightweight Crown ????#CruzMishiro #HitchinsKambosos pic.twitter.com/2AaMZXdKQh
— Matchroom Boxing (@MatchroomBoxing) June 15, 2025
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar