11 dek 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiada finalida Zoirovga yutqazgan Aloyan prof boksda ilk kamarini qo'lga kiritdi
Rossiyaning Kemerovo shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik bokschi Mixail Aloyan Ronala Batistaga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida Aloyan raqibini 117-110, 119-108, 119-108 hisobida mag'lub etib, vakant bo'lib turgan WBA Gold kamariga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Misha Aloyan Rio-2016 Olimpiadasining final jangida hamyurtimiz SHahobiddin Zoirovga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar