13 iyu 17:20
Yangiliklar
Olimpiada licenzianti Diyora Keldiyorovani tabriklaymiz!
Diyora Keldiyorova Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumani Juma shaharchasida tug'ilgan. Birinchi murabbiyi - Xurshida Xoliqova. Samarqand davlat universiteti talabasi. Tokio Olimpiadasi licenzianti. U -52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Diyora 2015 yil Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahrida o'tkazilgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatida yo'lidan chiqqan barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan. Ikki yil avval Xitoyning Cindao shahrida o'tgan "Masters" turnirida bronza medaliga ega chiqqan. Bu yil esa Antaliyada shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, o'zbek dzyudosida yangi tarix sahifasi ochilishiga sababchi bo'ldi. Vengriyadagi jahon chempionatida kuchli beshlikdan joy oldi.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi va dzyudochilar nomidan Diyora Keldiyorovani bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Tokio Olimpiadasida g'alaba va omad yor bo'lsin, DIYORA!
Fikrlar