10 mar 12:27
Yangiliklar
Olimpiada mashalasini yoqish marosimi muxlislarsiz o'tkaziladi
Koronavirusdan himoyalanish maqsadadida ushbu tadbir muxlislarsiz o'tkaziladigan bo'ldi. Greciya Olimpiya qo'mitasining malum qilishicha, tadbir Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan o'tkazilishi rejalashtirgan.
Mashala estafetasini odatga ko'ra greciyalik taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan stadionda alanga olgan mashala yunon sportchisi qo'lidan mezbon tomonga taqdim qilinadi. Bu gal o'q otish sporti bo'yicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori greciyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajarib beradigan bo'ldi.
Takidlash joiz, mashalaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatiladi. SHuningdek, ushbu tadbir bilan bog'liq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz o'tadi.
Malumotlarga ko'ra, ayni paytda Greciyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan.
Fikrlar