26 iyu 17:39
Yangiliklar
Olimpiada rekordini yangilagan Muattar Nabieva yakunda 4-o'rinni egalladi
Olimpiya o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha bahslarda -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilamiz Muattar Nabieva dast ko'tarish mashqida 98 kg vaznli toshni o'ziga bo'ysundirib, Olimpiada rekordini yangiladi.
Siltab ko'tarish mashqida vakilamiz 3 urunishdan 1 marotaba foydalanib, 114 kg natijani qayd etdi va ikki kurash natijasiga ko'ra 4-o'rin bilan kiyoyalanishga majbur bo'ldi. Afsuski, Nabieva Olimpiada rekordini yangilagan bo'lsada, medalga ega chiqa olmadi. Yana bir medal olish imkoniyati boy berildi.
Ushbu vaznda filippinlik Hidilin Diaz ikki kurash natijasiga ko'ra 224 kg toshni o'ziga bo'ysundirib 1-o'rinni egallagan bo'lsa, Qiuyun Liao 1 kg kam og'irlik bilan ikkinchi bo'ldi. Qozog'istonlik sportchi Zulfiya CHinshanlo 213 kg natijani qayd etib kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Fikrlar