So’nggi yangiliklar

13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0

15 mar 10:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Olimpiada sovrindori Bekzod Abdurahmonovni tabriklaymiz!

Teglar :  Bekzod Abdurahmonov
Bugun erkin kurash bo'yicha Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bekzod Abdurahmonov – 1990 yil 15 mart kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi. 2014 yili Toshkentda dunyoning 100 dan oshiq davlatlari ishtirokida o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori. 2018 yil Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham bronza medaliga sazovor bo'lgan. Bugungi qahramonimiz XVII hamda XVIII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga dastlabki oltin medallarni taqdim etgan. 2017 yili Ashxobod shahrida o'tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 

Abdurahmonov ilk bor 2015 yili Qatarning Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida qita chempioni bo'lgan. O'shanda u vazni 70 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Xayvey Ling, yaponiyalik Takafumi Kojima, hindistonlik Parvin Rana, tojikistonlik Zelimxon Yusupov ustidan g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. Bekzod 2017 yil Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida yana bir bor qitada tengsiz ekanini isbotlagan. 

Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Bekzod Abdurahmonov yana ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda shoxsupaga ko'tarilgan. Hamyurtimiz 2018 yil yakunlari bo'yicha Xalqaro mukofot - "Oltin mangust"ga ham loyiq ko'rilgan. "Oltin mangust" ("Zolotoy Mangust", "Golden Mongoose") mukofoti sport sohasidagi "Oskar" hisoblanadi. Mukofot eng yaxshi sportchilar, sport faxriylari, sport rivoji va sog'lom avlod tarbiyasiga o'z hissasini qo'shayotgan biznesmen va siyosatchilarga beriladi. O'tgan yili faoliyatidagi eng yuqori natijasiga erishdi. U Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Fursatdan foydalanib, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "SHuhrat" medali sohibi Bekzod Abdurahmonovni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. 

G'alabalar bardavom bo'lsin, Bekzod!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing