22 jan 15:51
Yangiliklar

Olimpiada sovrindori Rustam To'laganov polshalik raqibga qarshi jang o'tkazadi
Malum bo'lishicha, bokschimiz o'sha kuni polshalik Norbert Dabrovskiga qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur reyting jangi 8 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, Rustam shu kungacha prof boksda ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisini g'alaba bilan yakunlagan (1 ta nokaut). Dabrovski esa bu borada tajribali. 32 yoshli bokschi bungacha professional ringda 33 marotaba jang o'tkazgan. Janglarning 23 tasida u g'alaba qozongan (10 ta nokaut). 8 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). 2 marta durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, 1 fevral kuni Kaliningradda o'tkaziladigan boks oqshomida biryo'la to'rt nafar bokschimiz jang o'tkazadi. Rustamdan tashqari o'sha kuni Odiljon Aslonov ham jang qiladi. SHuningdek Ulug'bek Mubinov va SHukurjon Rahimovlar prof boksdagi debyutini nishonlaydi.
Fikrlar