07 dek 15:14
Yangiliklar
Dzyudo

Olimpiada sovrindorlaridan samarqandlik yosh dzyudochilar uchun "master klass" FOTOREPORTAJ
Dzyudo bilan shug'ullanayotgan samarqandlik bolalar uchun unutilmas tadbir tashkil etildi.
Tokio-2020 hamda Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining sovrindorlari, jahon chempionlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To'raboev samarqandlik yosh dzyudochilar uchun master klass, yani mahorat saboqlarini o'tkazishdi.
Sportimiz yulduzlari bilan o'tkazilgan mashg'ulot bolalarning bir umr yodida qoladigan bo'ldi. Albatta, ular o'zlari havas qilgan dzyudochilar bilan elkama-elka turib shug'ullanishdi. Katta yo'l boshida turgan yosh dzyudochilarimiz uchun bu haqiqiy bayram bo'ldi.
Tadbir so'nggida ikki avlod vakillari esdalik uchun suratga tushishdi. Fotosessiya oldidan esa dzyudochilarga sovg'alar ulashildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar