17 fev 08:36
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Olimpiadada kumush medal olgan sportchiga ikkita kvartira topshirildi + FOTO
Pekin-2022 Qishki olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori Irma Maxinya Sochidan ikkita kvartiraga ega bo'ldi.
Irma Maxinya chang'i sportining tramplindan sakrash musobaqasida Rossiya terma jamoasiga kumush medalni taqdim etgandi. Bu Rossiyaning ushbu sport turi tarixidagi ilk medali edi. Olis 1968 yilda Vladimir Belousov Olimpiada chempioni bo'lgandi.
Kecha Sochi shahri meri Aleksey Kopaygorodskiy Maxinyaga ikkita kvartiraning kaliti va sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdi. Marosimda sportchining onasi Svetlana Maxinya hamda uning birinchi murabbiyi Yuriy Golubenko ishtirok etdi.
Havola :
Fikrlar