So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

03 avg 21:52
Yangiliklar

Taekvondo, Parij-2024

Olimpiadaning amaldagi g'olibi Ulug'bek Rashitovga bu safar kimlar raqiblik qiladi? (Barcha tafsilotlar)

7 avgust kuni Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiadasida taekvondo bellashuvlariga start beriladi.

Unda O'zbekiston sharafini tarixda ilk bor 5 nafar taekvondochi himoya qiladi. SHu kungacha 4 nafardan ziyod sportchimiz musobaqada ishtirok etmagan edi.

Olamsport.com musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizga Olimpiada davomida kimlar raqiblik qilishi mumkinligi haqida malumot beradi.

Dastlab, yarim engil vazn toifasidagi sportchimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi g'olibi Ulug'bek Rashitovga to'xtalsak.




Rashitov Olimpiada licenziyasini reyting davri orqali qo'lga kiritgan. U uchun Parijdagi Olimpiada faoliyatidagi ikkinchisi bo'ladi. Yani, Ulug'bek musobaqadagi ishtiroki orqali ikki karra Olimpiada g'olibiga aylanib olishi ehtimoli mavjud.

Ulug'bek Rashitovning Olimpiada doirasidagi chiqishi 8 avgust kuniga to'g'ri keladi.



Tokio-2020 Olimpiadasida hamyurtimizga finalda mag'lub bo'lgan britaniyalik Bredli Sinden va bronza medali sohibi, turkiyalik Xakan Rechber bu safargi musobaqada ham ishtirok etadi. Tokiodagi ikkinchi bronzaga ega chiqqan xitoylik Jao SHuay o'rniga esa bu safar Liang Yushuay turnirga tashrif buyuradi.



Ulug'bek Rashitovga Parij Olimpiadasida raqiblik qilishi mumkin bo'lgan taekvondochilar:

Edival Pontes (Braziliya)

Ibrahim Mayga (Burkina-Faso)

Marko Golubich (Xorvatiya)

Bernardo Pie (Dominikan Respublikasi)

Ahmed Nassar (Misr)

Suleyman Alafilippe (Franciya)

Bredli Sinden (Buyuk Britaniya)

Fung Vay Lo (Gongkong)

Mark Levente Jozsa (Vengriya)

Zaid Karim (Iordaniya)

Kevin Sogo Kassman (Papua Yangi Gvineya)

Liang Yushuay (Xitoy)

Yahya Al Gotaniy (Qochoqlar mamlakati)

Xaver Polo Peres (Ispaniya)

Banlung Tubtimdang (Tailand)

Xakan Rechber (Turkiya).



22 yoshli Ulug'bekning natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, u O'zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiada g'olibi hisoblanadi. Jahon chempionati sovrindori, "Katta dubulg'a" g'olibi, ikki karra Gran-pri turnirlarida tengsiz bo'lgan. Osiyo chempioni va Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi.


Ulug'bek Rashitovga ikki karra Olimpiada g'olibi bo'lishi yo'lida omad tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing