19 may 08:23
Yangiliklar
Futbol

“Olimpiko“ Klaudio Raneri bilan chiroyli xayrlashdi + FOTO
Kecha “Roma“ klubi o'z maydonida “Milan“ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 3:1 hisobida rimliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahs “bo'rilar“ ustozi Klaudio Ranerining “Olimpiko“ stadionidagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvni bevosita 70 ming nafar muxlis stadiondan kuzatdi va Klaudio Raneri uchun maxsus perfomans yaratishdi.
Eslatib o'tamiz, Klaudio Raneri jamoani o'tgan yilning noyabr oyida qabul qilib olgandi. O'shanda jamoa 12-turdan so'ng 13 ochko bilan 12-pog'onada ketayotgandi. Ayni vaqtda “Roma“ chempionat yakuniga 1 tur qolganida musobaqa jadvalining 5-pog'onasida joylashgan. Mutaxassis mavsum tugagach, murabbiylik faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Havola :
Fikrlar