03 sen 08:14
Yangiliklar
Olimpiya mashalasi Tokio muzeyiga qo'yildi
Mashala joriy yilning boshida Greciyaning ko'hna maydonida yoqilgan edi. SHundan so'ng u “Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasi tomonidan maxsus tayyorlangan marosim bilan olib kelingan va bu erda 1 noyabrgacha saqlanadi. Kelgusi yilda Olimpiya mashalasini 10 000 nafar yaponiyalik butun mamlakat bo'ylab olib o'tadi.
– 2021 yilda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etishga intilayotgan sportchilar COVID-19 pandemiyasidan tashvishlanayotganliklarini tushunib turibman, – dedi Yaponiya Olimpiya qo'mitasining prezidenti Yamasita Yasuxiro. – Olimpiya mashalasining Yaponiyada namoyish etilishi ular uchun umidvor ramz bo'lishiga ishonchim komil.
“Tokio-2020”ning kelgusi yilga ko'chirilishi sababli Olimpiya mashalasi mezbon mamlakatda rekord muddatda saqlanib turadi.
Fikrlar