27 avg 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiya o'yinlari sovrindori Karim To'laganovni tabriklaymiz!
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining sobiq azosi, Atlanta Olimpiadasi bronza medali sohibi Karim To'laganov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Malumot uchun, Karim To'laganov 1973 yilning 27 avgustida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Atlanta Olimpiadasidagi bronzadan tashqari Osiyo chempionati va Markaziy Osiyo o'yinlarida ham bronza medallariga sazovor bo'lgan.
"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" unvoni va "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Bugungi kunda hakamlik faoliyati bilan ham shug'ullanmoqda.
Fursatdan foydalanib, saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Karim To'laganovni bugungi tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz. U kishiga eng samimiy tilaklarimizni tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar